Vergiliy (Vergilius) Maron Publiy
Vergiliy (Vergilius) Maron Publiy (miloddan avvalgi 70. 15. 10-19.21.9) — Rim shoiri. Rim Respublikasi inqirozining guvohi bo’lgan. «Bukolikalar» («Cho’pon qo’shiqlari»; miloddan avvalgi 42-38) va «Georgikalar» («dehqonchilik haqida Doston»; miloddan avvalgi 36-29) dostonida tinch qishloq hayoti, cho’ponlarning tabiat quchog’idagi osoyishta, farog’atli turmushi madh etiladi. Vergiliyning mashhur «Eneida» dostoni troyalik qahramon Eneyning darbadar kezishlari va u qatnashgan urushlar tasviriga bag’ishlangan. Bu asari «Iliada» va «Odisseya»ga taqlidan yozilgan, unda Qadimgi Italiya manzarasi ko’tarinki ruhda tasvir etilgan. Vergiliy ijodi klassisizm davri she’riyati uchun namuna hisoblangan. Dostonlaridan parchalar Oybek tarjimasida nashr qilingan (1939).