Veyssit
Veyssit (amerikalik ruda qazib oluvchi korxona rahbari P. Veys nomidan) — mineral. Kimyoviy formulasi CusTe3. Geksagonal singoniyali. Mayda donachalar holida. Rangi oq, yaltiroqligi metallsimon. Qattiqligi 3. Sof og’irligi 6. Veyssit oltinli gidrotermal yertomirlarida hosil bo’ladi. Kam uchraydi. O’zbekistonda faqat Qo’shbuloq (Qurama tizmasi) oltin konida topilgan. Veyssit Shvetsiya (Falun) va AQSh (Gudxoup) oltin konlarida bor. Veyssit oltin borligidan darak beruvchi mineral.