Vezuvian
Vezuvian (idokraz) (Vezuviy vulkani nomidan) — orolsimon silikatlar sinfiga mansub mineral. Turi ko’p. Beriyliyli Vezuvian, titanli Vezuvian, magniyli Vezuvian, frugardit, vilyuit, tsiprin va boshqalar ma’lum. Kimyoviy formulasi CaI0Al4(Mg,Fe)2(OH, F)4[Si04]5|Si207Jr Tetragonal singoniyali. Prizmatik, kristallar, radial tolasimon donachalar. Rangi sarg’ish-yashil, qo’ng’ir, sariq, qora (vilyuit), havorang (tsilrin), kulrang. Shishasimon yaltiraydi. Qattiqligi 6,5—7. Sof og’irligi 3,4. Vezuvian skarnlarda (granat, epidot bilan), rogoviklarda, o’zgargan magmatik jinslarda, gidrotermal yertomirlarda hosil bo’ladi. Vezuvian O’zbekistonda ko’p. Vezuvianning yirik to’plamlari Chatqol (sandalash, G’ovasoy, Chimyon, Kumushkon, Surenota, Sumsar), Qurama (Olmaliq) tizmalarida va G’arbiy O’zbekistonning W— mo konlarida (Qo’ytosh, Temirqapig’, Langar, Ingichka, Tim, Qoratepa, Saritov) uchraydi. Vezuvian Germaniya, Italiya, AQSh, Rossiya va boshqa joylarda ham ma’lum. Shaffof turlaridan turli buyumlar tayyorlanadi.