VIKTORIYA

VIKTORIYA (Victoria) (1819.24.5, London — 1901.22.1, Osborn) — Buyuk Britaniya qirolichasi (1837-1901), gannover sulolasining oxirgi vakili. 1876 yilda Hindiston imperatrisasi deb e’lon qilingan. G’arb adabiyotida Viktoriyaning ingliz taxtini boshqargan davri — «Viktoriya asri» deb nomlangan.