Vilson (Uilson; Wilson) Charlz Tomson Ris

Vilson (Uilson; Wilson) Charlz Tomson Ris (1869.14.2, Glenkors — 1959.15.11, Edinburg) — ingliz fizigi, Britaniya Qirollik jamiyati a’zosi (1900). Vilson bug’larning turli agentlar, xususan tez uchuvchi zaryadlangan zarralar ta’sirida kondensatsiyalanishi (mayda suyuqlik tomchilarga aylanishi)ga oid tadqiqotlar olib bordi. Bu ishlar natijasida Vilson 1912 yilda mikrozarralar izini kuzatishga imkon beruvchi asbob (Vilson kamerasi)ch ixtiro qildi. Nobel mukofoti laureati (1927).