Vinya-del-mar

Vinya-del-mar — Chilidagi shahar, tinch okean sohilidagi port. Valparaiso aglomerasiyasi tarkibida. Aholisi 305 mingdan ziyod kishi (1990- yillar o’rtalari). Temir yo’l stantsiyasi. Kimyo, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, shahar yaqinida neft zavodi bor. Iqlim kurorti va turizm markazi. Shaharga 1874 yil asos solingan.