Virogeniya

Virogeniya (viruslar va Yunoncha Genia — yaratish, kelib chiqish) — virus bilan hujayraning o’zaro munosabati. Bunda virus genomi hujayra xromosomasiga kirib oladi. Virogeniyada virus o’z-o’zidan reproduktsiya qilinmaydi, balki virusning nuklein kislotasi xo’jayin hujayrasi DNK si bilan birga replikasiyalanadi. Virogeniyaga sabab bo’ladigan viruslar me’yordagi viruslar deyiladi. Ularga lizogeniya paydo qiladigan bakteriofaglar va onkogen viruslar kiradi. Onkogen viruslar bilan zararlangan hujayralarda irsiy o’zgarishlar ro’y beradi, bu o’zgarishlar tufayli xo’jayin hujayrasi cheksiz bo’ladi va bo’linadi. Transformatsiyalangan hujayralarda virus genomi virus DNK si shaklida bo’ladi.