Vishniy Volochyok

Vishniy Volochyok — Rossiya Federatsiyasi Tver viloyatidagi shahar. Vishini Volochyok suv sistemasi (1709 yildan ishlaydi) bo’yidagi pristan. Moskva — Sankt- Peterburg avtomobil yo’li ustida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 64,5 ming kishi (1999). To’qimachilik sanoatining yirik markazi. Ip gazlama kombinati, yigirish-to’qish va trikotaj fabrikalari. mexanika, oyna-shisha, avtomobil tuzatish zavodlari, karavot, pianino, oyna fabrikalari, yog’ochsozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Drama teatri, o’lkashunoslik muzeyi bor.