Vismar

Vismar — Germaniyaning Meklenburg-Old Pomeraniya yeridagi shahar. Boltiq dengizidagi Vismar qo’ltig’ining Janub sohilida. Aholisi 55 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Mamlakatning yuk oboroti bo’yicha va asosiy baliq ovlaydigan yirik portlaridan biri. Kemasozlik va unga xizmat qiladigan korxonalar rivojlangan. Oziq-ovqat (shakarqand), yog’ochsozlik, qog’oz, kimyo sanoati korxonalari bor. Vismar qadimda savdo markazlaridan biri bo’lgan. 1229 yildan shahar, 1256-1358 yillarda Meklenburg knyazlarining qarorgohi, 1648-1803 yillarda Shvesiya tarkibida bo’lgan. Me’moriy yodgorliklaridan Nikolaykirxe gotika cherkovi (1381 yil) va boshqalar saqlangan.