Vitse

Vitse-qirolliklar (lotincha vice-o’rniga, evaziga va qirollik)-mustamlakachilik boshqaruvi shakli, bunda mustamlaka rahbari (vitse-qirol) cheklanmagan vakolatlarga ega bo’ladi va monarxning bevosita noibi hisoblanadi. Vitse-qirol unvoni merosiy bo’lmaydi. Yevropadagi ko’pgina davlatlar bunday mulklarga egalik qilgan. Ispaniya Vitse-qirolliklari: Yangi Ispaniya (1535-1821), Yangi Granada (1717-1819), Peru (1544-1821), Rio-de-La-Plata (1776-1810), Portugaliya (1580-1640), Sitsiliya (1515-1713), Neapol (1515-1713), Sardiniya (1515-1714); Buyuk Britaniya Vitse-qirolliklari: Britaniya Hindistoni (1858-1947), Irlandiya (1700-1922), Gannover (1831-1837); Portugaliyaning Vitse-qirolliklari: Braziliya (1775-1815), Portugaliya Hindistoni (1505-1896); Italiyaning Vitse-qirolliklari: Italiya Shimoli sharqi Afrikasi (1936-1941); Neapol Vitse-qirolliklari: Sitsiliya (1759-1816); Shvetsiya Vitse-qirolliklari: Norvegiya (1814-1891).