Vladimir II Monomax
Vladimir II Monomax (1053-1125, Kiyev) — Smolensk (1067 yildan), Chernigov (1078 yildan), Pereyaslavl (1093 yildan) knyazi, Kiyevning ulug’ knyazi (1113 yildan). Vsevolod I (Kievning ulug’ knyazi) va Vizantiya imperatori Konstantin Monomax qizining farzandi. Kiyev boyarlari tomonidan shahar qo’zg’oloni paytida chakirtirilgan. Knyazlar o’rtasidagi o’zaro nizolarga qarshi kurashgan. Sudxo’rlarning zo’ravonligini cheklovchi Nizom ishlab chiqqan. Farzandlari uchun yozgan «pandnoma»sida ularni rusning birligini mustahkamlashga da’vat qilgan.