Vodiy

Vodiy — relefning uzunasiga cho’zilgan botiq shakli. Hosil bo’lishiga ko’ra erozion va tektonik Vodiy bo’ladi. Vodiylarning dastlabki shakli, asosan eroziya natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir. Bir qancha shunday jarliklar birlashib suvi havzaga quyilgungacha kattalasha boradi. Vodiy yon bag’ri baland yoki past, tik yoki qiya, yondan karaganda (profili) botiq, to’g’ri qavariq yoki zina shaklida (terrasalar) bo’lishi mumkin. Tub jinslarning yotishiga (strukturasiga) qarab sinklinal, antiklinal, monoklinal, uzilma va graben Vodiylar bo’ladi. Shakliga qarab Vodiy quyidagilarga bo’linadi: 1) dara— tor Vodiy, yon bag’irlari tik bo’ladi, tog’li joylarda uchraydi. Tojikiston va O’zbekistonning bir qancha tumanlarida tangi deyiladi; 2) Kanon — tagi ancha tor, yon bashrlari juda tik, chuqur Vodiy, tog’va platolarda uchraydi. O’rta Osiyoda Qopchig’ay deyiladi; 3) ko’ndalang kesimi V-Simon Vodiy, asosan tog’larda bo’ladi; 4) tagi tekis Vodiy, tekisliklarda ko’p uchraydi; 5) tog’orasimon Vodiy — troglar; tog’larda muzliklarning harakati natijasida vujudga keladi. Vodiyning yon bag’irlarida terrasalar bo’ladi. Tektonik cho’kish natijasida paydo bo’lgan ba’zi bir botiqlar — Vodiylarga O’rta Osiyodagi Zarafshon vodiysi, olay vodiysi, Farg’ona vodiysi, shimoliy Amerikadagi Kaliforniya vodiysi va boshqalar bunga misol bo’la oladi. Bunday Vodiylarda aholi ko’pincha zich yashaydi.