Vodiy muzligi
Vodiy muzligi — tog’ daryosi vodiysi bo’ylab joylashgan muzlik. Muzlik shakli, xarakteri va harakat yo’nalishi vodiy bilan bog’liq. Vodiy muzligi morfologik jihatdan 2 qismga bo’linadi: yuqori — to’yinish qismi yoki firn havzasi, unda moddalar akkumulyatsiyasi ablyatsiyadan ortiqcha bo’ladi va quyi qism — unda ablyatsiya akkumulyatsiyadan ko’proq bo’ladi. Vodiy muzligining ablyatsiya qismi muzlik tili deyiladi. Muzlik vodiyning qaysi qismini egallashiga qarab tsirk (kar) tipidagi, Alp tipidagi murakkab (yoki polisintetik) tip va qadimgi yoki dendrit tipidagi Vodiy muzligilari bo’ladi. Firn havzasi bo’lmagan va qor ko’chkisi hamda yon bag’irlardan qulab tushadigan muzlikdan to’yinadigan Vodiy muzligi Turkiston tipi, Dovondagi firp dalasidan tog’ tizmasining ikkala tomoniga oqib tushadigan muzlik qarmoq muzlik deyiladi. Vodiy muzligining tog’muzliklari va muzlik qoplamlari oralig’idagi o’tkinchi shakllari, to’rsimon muzlik yoki Shpisbergen tipi, tog’oldi yoki Alyaska tipi ham bo’ladi. Muzlik qoplamlari orasidagi Vodiy muzligi tashqariga chiqadigan muzlik deyiladi.