Vodorod bog’
Vodorod bog’ — bir yoki ikki molekuladagi ikki yoki bir necha atom orasida vodorod atomi orqali bog’lanish. Vodorod boshqa elementlardan atomida yagona elektroni borligi bilan farq qiladi. U bu elektronini elektr-manfiyroq elementga berib, ionli yoki qutbli birikma hosil qilganida, uning yadrosi (N+) butunlay yoki bir qadar elektrsizlanadi. N+ ionining radiusi juda kichik bo’lganligidan, u o’z atrofida anchagina kuchli elektr maydonini vujudga keltiradi. Agar bunday yadro oldiga elektrmanfiyroq bir element yaqin kelsa, uning elektronlarini tortadi va natijada vodorod bog’lanish hosil bo’ladi.