Vodorod ftorid
Vodorod ftorid, HF — o’tkir hidli rangsiz gaz. Vodorod ftorid 19,43° dayoq suyuqlikka aylanadi. Havoda kuchli tutab, uning namligi ta’sirida tomchisimon eritma hosil qiladi. Suyuq holdagi Vodorod ftoridning zichligi 991 kg/m3, qaynash temperaturasi 19,43°, suyuqlanish temperaturasi — 83,1°. Suvda cheksiz miqdorda erib ftorid kislota hosil qiladi. Vodorod ftorid boshqa kislotalardan farqli o’laroq kremniy (IV)-okchh bilan reaktsiyaga kirishadi: SiO2+4HF=SiF4+2H2O Vodorod ftoridning shishalarni xiralashtirishi shu reaktsiyaga asoslangan bo’lib, sanoatda undan shishalarga gul va turli belgilar chizishda foydalaniladi. Vodorod ftorid tabiiy birikma — flyuorit (CaF2) ga kontsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi. Vodorod ftorid ftor, sun’iy kreolit va ftororganik birikmalar olishda qo’llaniladi.