Vois kulol
Vois kulol (19-asr o’rtalari — Xorazm viloyati Xonqa tumani Madir qishlog’i—1913) — koshinkor (koshinpaz) usta, kulol, ko’zagar. Otasi usta Ismoil bilan birga ishlab hunar o’rgangan. Xorazm me’morligiga rang-barang xom koshinlar tayyorlagan, keyinchalik elga yuqori sifatli qoplama koshinlar ishlaydigan usta sifatida taniladi. Ustaxonasida katta hajmli sopol xum va ko’zalar ishlab chiqargan; 19-asr oxiri — 20-asr boshida Xivada qurilgan ko’pgina yirik ansambllarning bosh tarzi (fasadi) ni bezashda ishtirok etgan. Jumladan Nurullaboy saroyi (1906— 12), Islomxo’ja madrasasi va minorasi (1908-10). Pochta binosi (1910), kasalxona (1911-13) va boshqalar.