Vojib

Vojib (Arabcha — majburiyat, burch) Islom shariati tushunchasi. Musulmonlar Alloh va Muhammad (as) amrlarigina emas, yakka hukmdor (xalifa, podsho, Amir, xon) lar farmoyishini ham bajarishi majburiy ekanligini anglatadi. Majburiylik nuqtai nazaridan Vojib farzdan keyin, sunnat talablaridan oldin turadi. Islomda Vojibni inkor etish og’ir gunoh hisoblansada, kofirlikka nisbat berilmaydi. «Podshohning amri vojib» degan tushuncha Qur’onda bor. Sunniylikda Vojibga shariat tushunchalari bo’yicha farz bilan sunnat orasidan joy berish — hanafiya mazhabidagina e’tirof etilgan. Boshqa uch mazhabda Vojib alohida tushuncha sifatida qabul qilinmagan. Ularda farzdan keyin bevosita sunnatga o’rin berilgan. Vojibni esa ular farzga qo’shib yuborishgan. Binobarin ular hanafiya mazhabidagi Vojiblarni farz hisoblaydilar. Masalan, besh vaqt namoz, ro’za, zakot, hajni hanafiylar farz desa, ular farz ham, Vojib ham deb atayveradilar. Abdulaziz Mansur.