Volf soni

Volf soni — Quyosh faolligining miqdoriy (sonli) ko’rsatkichlaridan biri. Shveytsariya astronomi R. Volf 19-asr o’rtalarida kiritgan. Ushbu formula R=k (10g+/) bilan ifodalanadi (formuladagi / — Quyosh gardishidagi dog’lar va bu dog’larni birlashtiradigan guruhlar soni, k — koeffisient). Koeffisient k ko’p omillarga (teleskopning katta-kichikliligiga, ko’rinuvchanlik sharoiti va boshqalarga) bog’liq bo’ladi. Xalqaro Sistema sifatida Syurix (Shveytsariya) rasadxonasi 1849 yilda e’lon qilgan Volf soni (k=\) qabul qilingan. Volf soni qiymati 2000 yildan ortiq vaqt (1749 yildan) mobaynida aniqlangan, shunga qaramay u juda aniq son hisoblanmaydi. Volf soni Quyosh faolligini va boshqa ko’pgina geofizik hodisalarni taqqoslash uchun qo’llaniladi.