Volfram karbid
Volfram karbid, WC — volfram monokarbid, kulrang, geksogonal panjarali kristall modda. osmodifikatsiyasi barqaror bo’lib, 2525° dan yuqorida (5-WC kubsimon panjarali kristall holatga o’tadi, 2720° da parchalanadi. Zichligi 15,6 g/sm3, Moos shkalasi bo’yicha qattiqligi 9. Havoda 430° gacha barqaror, 800-1200° da WO3 gacha oksidlanadi. Nitrat va sulfat kislotalar bilan, xlorid va nitrat kislotalar aralashmasi (3:1) bilan birga qaynatilganda reaktsiyaga kirishadi. Vodorod atmosferasida, ayniqsa suv bug’lari ishtirokida qizdirilganda tarkibidagi uglerod miqdori keskin kamayadi. 500° dan yuqorida xlor bilan birikadi. Volfram karbid volfram bilan uglerodni vodorodli muhitda 1430— 1630° da qizdirib olinadi. Uni W(CO)6 ni 1030°da parchalab, volframat kislota, WO3 ga 900-1000° da vodorod va metan gazlarini ta’sir ettirib olish ham mumkin. Volfram karbid metallokeramika qattiq qotishmalarining asosini tashkil qiladi. U cho’yan, po’lat, latun, sopollarga ishlov beradigan asboblar tayyorlashda, metallar yuzasining ishqalanishiga chidamli krplamasi katalizator sifatida qo’llaniladi.