Volga bo’yi qirlari

Volga bo’yi qirlari — Volganing o’ng sohili bo’ylab Nijniy Novgorod shahridan Volgogradgacha cho’zilgan qirlar. Volga bilan don daryolari havzalari orasidagi suvayirg’ich. Volga bo’yi qirlari Volga ustidan tik ko’tarilib, okadon pasttekisligiga qiyalanib boradi. Eng baland yeri (Xvalinsk shahri yaqinida) 375 metr. Eni 500 kilometr. Volga bo’yi qirlarining ayrim qismlari tog’ (zmeev tog’lari, Jiguli tog’lari va boshqalar) deb ataladi. Ohaktosh, dolomit, gil, qum, mergellardan tarkib topgan. Shimoliy- g’arbiy va shimoliy-Sharqiy qismlarida karst relef shakllari uchraydi. Shimoliy keng bargli o’rmonlar bilan qoplangan. Ayrim joylari o’rmon-dasht, Janubiy dashtdan iborat.