Volgograd suv ombori
Volgograd suv ombori — Volga daryosida Volga GES to’g’oni qurilishi natijasida paydo bo’lgan suv ombori. Maydoni 3117 km2, hajmi 31,5 km3, uzunligi 540 kilometr, eng keng eni 17 kilometr, o’rtacha chuqurligi 10,1 metr. Volga daryosi suvini turli mavsumlarda tartibga soladi. Energetika, suv transporti, irrigasiya va suv ta’minoti uchun xizmat qiladi. Volgograd suv omborida Saratov, Kamishii portlari ishlaydi. Baliq ovlanadi.