Vollastonit

Vollastonit [ingliz kimyogari U. X. Vollaston (1766-1828) nomidan] — yuqori temperatuada hosil bo’ladigan metamorfik mineral. Kimyoviy formulasi Ca3(Si3O9). Triklin singoniyali. Ko’pincha yelpig’ich yoki uzunchoq va tola holidagi kristallar. Rangi oq, kulrang yoki qizg’ish tusli. Sadafsimon yaltiroq. Qattiqligi 4,5—5; Sof og’irligi 2,8—2,9. Vollastonit Markaziy Osiyodagi granit intruziyalarining ohaktoshlar bilan tutashgan joyida hosil bo’lgan. Tabiatda piroksen, granat, amfibol, kaltsit va kvars bilan birga uchraydi. Vollastonit yuqori kuchlanishlarga bardosh bera oladigan elektr issiqlik izolyatorlari, koshinlar, g’isht, mineral paxta, maxsus filtrlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. G’arbiy O’zbekistonning Zirabuloq- Ziyovuddin, Nurota, Qoratepa hamda Chatqol, Hisor va Qurama tog’larida ko’p uchraydi. O’zbekistonda Vollastonitning 40 dan ortiq yirik konlari topilgan.