Volt-amper

Volt-amper — xalqaro birliklar tizimi (si)da o’zgaruvchan tok to’liq quvvatining o’lchov birligi. Elektr zanjirdagi tok kuchi A ta’sir qiymatining uning qismlaridagi kuchlanish V ga ko’paytmasidan iborat. V-A bilan belgilanadi. Faol quvvat (birligi — vatt) va reaktiv quvvat (birligi — var) xillarga bo’linadi. Volt-amper manbaning zanjirga bergan eng ko’p quvvatini yoki elektr zanjiri iste’mol qiladigan to’la quvvatni bildiradi. Nominal to’la quvvat o’zgaruvchan toqsa ishlaydigan elektr mashinalari, transformatorlar parametrlarini, shuningdek nominal kuchlanishda ulardagi eng katta tok kuchini aniqlash imkonini beradi. Tok va kuchlanishning amaldagi qiymatlari ampermetr va voltmetr bilan o’lchanadi.