Volt-amper xarakteristikasi
Volt-amper xarakteristikasi — tokning elektr zanjir elementiga qo’yilgan kuchlanishiga yoki elektr zanjir elementidagi kuchlanish tushishining element orqali o’tayotgan elektr tokiga bog’lanishini ifodalovchi grafik: l=f(U). Volt-amper xarakteristikasi asboblarning turiga qarab to’g’ri chiziq yoki egri chiziq ko’rinishida bo’lishi mumkin. Agar element qarshiligi tok qiymatiga bog’lliq bo’lmasa, Volt-amper xarakteristikasi koordinata boshi orqali o’tuvchi to’g’ri chiziqdan iborat bo’ladi. Volt-amper xarakteristikasi yordamida asboblarning xususiyatlari to’g’risida ma’lumotlar olish va ularning tegishli parametrlarini aniqlash mumkin. Elektron asboblarning qanday sxema va qurilmalarda ishlatilishi ularning Volt-amper xarakteristikasiga qarab belgilanadi.