Volta elementi

Volta elementi — musbat elektrodi — mis plastinka, manfiysi — rux, elektroliti — natriy xlorid eritmasi yoki sulfat kislotadan iborat galvanik element (e.yu.k. 1,0 V). A. Volta taklif qilgan. Volta elementi tokning kimyoviy manbai bo’lib, zaryadlanish paytida ulardan o’tuvchi tok hosil qiladigan elektr-kimyoviy reaktsiyalar energiyasi hisobiga elektr energiya ajraladi. Elektr akkumlyatorlardan farqli ravishda, Volta elementi zaryadsizlanganidan so’ng uni dastlabki holatiga qaytarish mumkin emas.