Vosiqova Mamlakat Sobirovna

Vosiqova Mamlakat Sobirovna (1924. 25. 12 — Toshkent — 1997.12.1) -huquqshunos olima, jamoat arbobi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1994), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yurist (1974). Yuridik fanlari Doktori (1978), professor (1986). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1946). O’zbekistan Adliya vazirining o’rinbosari (1952— 57), O’zbekistan Oliy sudi raisining o’rinbosari (1957-60). O’zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumida yuridik bo’lim mudiri (1960-64), O’zbekiston Vazirlar Kengashi huzuridagi yuridik komissiya raisi (1964-70). O’zbekiston Adliya vaziri (1970-84). 1984 yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida huquq asoslari kafedrasi mudiri. Uning bevosita ishtiroki va rahbarligida ko’p jildli qonunlar to’plami va qonunlar majmuasi (1984) hamda o’zbek tilida fuqarolik, jinoyat, jinoyat-prosessual, nikoh va oila kodekslariga sharxlar tayyorlanib nashr etilgan. «Shuxrat» medali bilan taqdirlangan (1994).