Vozih

Vozih (taxallusi; asl ismi Mirzo Shafiy Sodiq o’g’li) (1796, Ganja— 1852.28.11, Tiflis)— Ozarbayjon shoiri, ma’rifatparvari. Fazal, masnaviy, ruboiy janrlarida ijod qilgan. Hajviy she’rlar yozgan. Ularda jamiyat nuqsonlarini fosh qilgan, shaxs erkinligi uchun kurashga chaqirgan. Ommani ma’rifatga da’vat etgan. Ko’pgina lirik she’rlari xalq qo’shiqlariga aylanib ketgan. Vozihning «Zulayho va Hafiza», «Tiflis bilan vidolashuv» kabi qo’shiqlari hayotga muhabbat bilan sug’orilgan. «Mirzo Shafiy qo’shiqlari» (1881) kitobi ko’p tillarda nashr qilingan. Vozih darsliklar yaratgan, Ozarbayjon tili va adabiyotidan lug’atlar va xrestomatiyalar tuzishda qatnashgan.