Vozneseniye oroli
Vozneseniye oroli — Atlantika okeanining Markaziy qismidagi vulkanik orol, Buyuk Britaniya mulki. Maydoni 88 km2. Aholisi 1,4 ming kishi (1989). Ma’muriy markazi va port shahri — Jorjtaun. Yer yuzasi platodan iborat; traxit, riolit va bazalt jinslardan tarkib topgan. O’chgan vulkan krateri ko’p (30 dan ortiq). Eng baland joyi 858 metr (Grin-Mauntin tog’i). Iqlimi tropik passatli issiq iqlim. Yillik yog’in 700 -1000 mm. O’t-o’simliklari keng tarqalgan, o’rmonlar bor. Sabzavot, mevalar etishtiriladi. Orolni 1501 yilda Voznesenie bayrami kuni portugallar kashf etgan.