Voznesenskiy Andrey Andreyevich
Voznesenskiy Andrey Andreyevich (1933.12.5, Moskva) — rus shoiri. She’rlari o’ta zamonaviylashtirilganligi, murakkab obrazliligi va ritmik tizimi bilan ajralib turadi. «Aksildunyolar» (1964), «Vitraj ishlari ustasi» (1976), «Adashtiruv» (1978) to’plamlari, «ustalar» (1959), «lonjyumo» (1963). «Oza» (1964), «Avos» (1972), «choh» (1986) va b. poemalar muallifi. Voznesenskiyning «Video—she’riyat», «Rossiya—qimorxona», «chalkash shamollararo» kabi she’riy va nasriy kitoblari nashr qilingan. Sho’ro tuzumi davrida Voznesenskiy haqgo’yligi, adolatparvarligi uchun ta’qibga uchragan. 1966 yilgi Toshkent zilzilasi paytida Toshkentda bo’lib, «Toshkentga yordam bering!»dostonini yozgan. Voznesenskiy Alisher Navoiy haqida «Alisher Navoiy — ulug’ shoir… Navoiyning ming yillarga tatirli ahamiyati bor…», deb unga yuksak baho bergan. «Mangu rizq» asari Sirojiddin Sayyid tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan (1990).