Vrachning sir saqlashi

Vrachning sir saqlashi — vrachlar va boshqa tibbiyot xodimlarining bemorlar haqidagi ma’lumotlarni zinhor oshkor qilmaslik burchi. Yuqumli kasalliklar tarqalish xavfi tug’ilganda hamda sud-tergov organlari va tibbiy muassasalar talab qilganda sir saqlanilmaydi. Vrachning sir saqlashi va umuman davolash-profilaktika muassasasi xodimlarining sir saqlashi O’zbekiston Respublikasining sog’liqni saqlash to’g’risidagi qonunlari va vrach qasamyodida qayd etilgan. Tibbiyot xodimlari qonun bilan belgilangan Vrachning sir saqlashi burchini hamisha yodda tutishlari va unga qat’iy amal qilishlari zarur.