Vrangel Ferdinand Petrovich

Vrangel Ferdinand Petrovich (1797, Pskov — 1870, Tartu) — rus dengiz sayyohi, admiral, Peterburg faning faxriy a’zosi (1855 yildan). Rossiya geografiya jamiyatining muassislaridan biri. 1817-19 yillarda «Kamchatka» kemasida dunyo aylanasi bo’ylab suzishda qatnashgan. 1820-24 yillarda Kolima ekspedisiyasiga boshchilik qilgan. Ekspeditsiya Sibir sohilining Indigirka daryosidan Kolyuchi qultiqchasigacha bo’lgan qismini tavsifladi va xaritaga tushirdi, tabiiy boyliklari va xalqlari haqida ma’lumotlar to’pladi. Chukotka dengizi sharqidagi orolning (keyinchalik Vrangel nomiga qo’yilgan) o’rnini aniqladi. 1825-27 yillarda dunyo aylanasi buylab suzgan ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan. 1829-35 yillarda Amerikadagi rus qishloqlarini boshqargan. 1835-57 yillarda dengiz ishlari vaziri. 1864 yilda iste’foga chiqqan. Vrangel nomiga Alyaska yarim orolidagi tog’ va burun qo’yilgan.