Vrangel oroli
Vrangel oroli — shimoliy Muz okeanidagi Orol, Sharqiy Sibir va Chukotka dengizlari oralig’ida. Maydoni 7300 km2. Orolning eng baland joyi 1096 metr, fillit, granit, gneys, kristalli slaneslardan tuzilgan. Iqlimi juda sovuq. Yillik o’rtacha temperatura -1 graduss. Yoz salqin va qisqa, iyulning o’rtacha temperaturasi 2° dan 2,5″ gacha. Tabiati Arktika tundrasiga xos. Qutb stansiyasi bor (1926 yildan). 1976 yil orolda qo’riqxona tashkil etilgan (oq ayiq, oq g’oz, morj, mushkli buqa yashaydi). Orol rus dengiz sayyohi F. P. Vrangel nomiga qo’yilgan.