Vul Bentsion Moiseyevich

Vul Bentsion Moiseyevich (1903.9.5, Belaya Tserkov, Rossiya — 1985, Moskva) — fizik olim, akademik (1972). Ilmiy ishlari dielektriklar va yarimo’tkazgichlar fizikasiga oid. Yangi segneto-elektrik — bariy titanat (BaTiO3) ni kashf etdi (1944) va uning xossalarini tekshirdi. Vul rahbarligida Yarimo’tkazgichli diodlar, triodlar, kvant generatorlari ishlab chiqildi. U yarim-o’tkazgichli lazerlarni ixtiro qildi va ularning boshqa tur lazerlardan afzalligini aniqladi (bunday lazerlarning f.i.k. 100 foizga yaqin).