Vulkan gazlari
Vulkan gazlari — vulkan otilayotganda va tinchigandan so’ng ajralib chiqadigan gazlar. Vulkan otilayotganda ajralib chiqadigan gazlar eruptiv va vulkan otilishi tinchigandan keyin kuch bilan va burqirab ajralib chiqadigan gazlar fumarol, mofet va solfatar gazlar deb ataladi. Vulkan gazlari vulkan krateri, vulkan yon bag’irlari yoriqlaridan, Lava oqimlari va piroklastik jinslardan ajralib chiqadi. Eruptiv gazlar tarkibida N2O, N2, NS1, HF, H2S, CO, SO2 va boshqalar aniqlangan. Vulkan gazlari yer osti suvlari zonasidan o’tganda issiq buloqlar hosil qiladi. Eruptiv gazlar portlab vulkan qay tarzda otilishlarini belgilaydi va lavani oqishiga ta’sir etadi. Fumarol gazlar lavadan va piroklastik jinslardan ajralib chiqqan gazlarning atmosferadagi gazlar va Lava ostidagi organik mahsulotlar bilan reaktsiyaga kirishishidan hosil bo’lgan gazlar aralashmasidan iborat.