Xalonen (Halonen) Tarya

Xalonen (Halonen) Tarya (1943. 24.12, Xelsinki) — Finlyandiya davlat arbobi. Xelsinki universitetini tugatgan. Yuridik fanlari nomzodi (1968). Faoliyatini Finlyandiya talabalar milliy uyushmasi kotibligidan boshlagan. 1970-yillarda Finlyandiya kasaba uyushmalari Markaziy tashkilotida advokat, Finlyandiya bosh vaziri huzurida parlament kotibi, 1979 yildan parlamentda Finlyandiya sosialdemokratik partiyasidan deputat. 1985 yildan parlamentning ijtimoiy masalalar bo’yicha komissiyasi raisi, 1987 yildan Finlyandiya ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash ikkinchi vaziri, Adliya vaziri (1990-91), 1995 yildan tashqi ishlar vaziri. 2000 yil 6 Fevraldan Finlyandiya Respublikasi Prezidenti.