XALQARO SUD

XALQARO SUD — BMTning asosiy sudlov organi. 1945 yil tashkil topgan. Davlatlar o’rtasidagi yuridik nizolarni ularning roziligi bilan hal qiladi va huquqiy masalalar bo’yicha tavsiyaviy xulosalar beradi. 15 nafar sudyalardan iborat, ular BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashi tomonidan 9 yilga saylanadi. BMT Ustavining ajralmas qismi hisoblanadigan Statut asosida ish olib boradi. Xalqaro sud Gaaga shahrida joylashgan.