Xameleonlar, buqalamunlar
Xameleonlar, buqalamunlar (Chamaeleontidae) — kaltakesaklar turkumi oilasi. 90 turi ma’lum. Afrika, Madagaskar oroli va shu atrofdagi boshqa orollarda hamda Janubiy Yevropa, G’arbiy va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Tanasi 60 santimetrcha. Bo’yni kalta, uzun dumi spiralsimon o’raladi. Oyokdari uzun, besh barmokli, barmoqdari 2-3 tadan guruh bo’lib teri g’ilof ichida joylashgan. Tanasi shoxsimon tangachalar va teri o’siqchalar bilan qoplangan. Ko’z qovoqlari rivojlangan (ko’zlari bir-biridan mustaqil ravishda harakatlana oladi). Ko’pchilik Xameleonlar o’pkasida xaltasimon o’siqlari bo’ladi. Xavf sezganda ko’p havo yutadi va tana shakli o’zgarib, qo’rqinchli tus oladi. Rangi yorug’lik, temperatura va boshqalar ta’sirida tez o’zgaradi (nomi shundan). Daraxt va butalarda soatlab o’ljasini poylab, qimirlamay o’tiradi. Uzun tilini o’ljasiga otib, yopishtirib oladi. Hasharotlar bilan, yirik turlari mayda qushlar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko’pchiligi tuxum qo’yib (bir yo’la 35 tagacha), ayrimlari tirik (14 tagacha bola) tug’ib ko’payadi.