XATNA TO’YI

XATNA TO’YI — o’zbeklar va boshqa bir qancha musulmon xalqlardagi xatna marosimi. Islom dini tarqalgandan so’ng sunnat amali bajarilishini bayram qilish sifatida odat tusiga kirib qaror topgan. Xatna to’yi o’g’il bolalar «qo’lini halollash»ning, ya’ni ularni chin Musulmonlar qatoriga o’tkazishning asosiy sharti hisoblangan. To’yga tayyorgarlik (masalan, maslahat oshi), mehmonlarni taklif qilish, mehmonlar sharafiga o’yin-kulgi, tomoshalar uyushtirib ziyofat o’tkazish Xatna to’yining tarkibiy qismi hisoblangan.