XERSBERG

XERSBERG, (Herzberg) Gersberg Gerxard (1904-99) — kanadalik fizik- kimyogar va fizik. Kelib chiqishi nemis, 1935 yildan Kanadada. Darmshtat texnologiya institutini tugatgan (1928). Milliy tadqiqot markazida ishlagan (1949). Ilmiy ishlari atom va molekulyar spektroskopiya sohalariga doir. Ko’pgina molekulalar va erkin radikallarning spektrlarini tadqiq etgan, ularning elektron strukturasini aniqlagan. Nobel mukofoti laureati (1971).