XINA

XINA — xina daraxtchasidan olinadigan qizg’ishsariq barqaror, kukunsimon bo’yoq modda. Xina, asosan, jun va ipaklarni bo’yashda va kosmetikada ishlatiladi. Bundan bir necha ming yil ilgari qadimgi misrliklarga ham ma’lum bo’lgan. Ko’pchilik davlatlarda, xususan, Sharq mamlakatlarida xotin-qizlar Xinadan qo’l panjalari, tirnoqlar, oyoqlar, sochlarni bo’yashda foydalanadilar. Xina sochni mustahkamlaydi. Xalq tabobatida teri kasalliklarini davolashda ham qo’llanadi.