XISHROV

XISHROV — Samarqand viloyatidagi shaharcha. Samarqand shahridan 7 kilometr. Darg’om kanalining o’ng sohilida. Ma’muriy jihatdan Samarqand shahar Kengashiga qaraydi. 1951 yilda tashkil etilgan. Aholisi 4,5 ming kishi (2003). Xishrovda avtokorxona, «O’zelektrqurilish» mexanizatsiyalashgan kolonnasi, Xishrov GES kaskadi, «Samarqand» kichik stansiyasi, gidrotsex, transport tsexi, tikuvchilik atelesi, dehqon bozori va boshqalar bor. Umumiy ta’lim, musiqa maktablari, kasalxona, ambulatoriya, tibbiy punkt mavjud. Kutubxona, madaniyat uyi aholiga xizmat ko’rsatadi.