XIYOBON

XIYOBON — me’moriy tartib bilan ikki tomoniga daraxt, buta, gul, o’simliklar ekilib yaratiladigan sayrgoh yo’l, yo’lka. Qadimdan qo’llanilib kelingan. Odatda, parkbog’lar orasi, maydonlar atrofi, sport inshootlari va boshqa joylarda barpo etiladi. Landshaft me’morligida Xiyobon ko’pincha atrofmuhit, binolarga uyg’unlashtirib rejalashtiriladi.