XORVATLAR
XORVATLAR — xalq, Xorvatiyaning asosiy aholisi (3,8 million kishi). Shuningdek, Serbiya (200 ming kishi), Bosniya va Gersegovina (830 ming kishi)da yashaydi. Umumiy soni 5,65 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Xorvat-serb tilida so’zlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. Ko’prok dehqonchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullanadilar.