Yer

Yer — 1) Quyosh sistemasidagi planeta, Quyoshdan uzoqligi jihatidan Merkuriy, Veneradan keyin uchinchi o`rinda bo`lib, Quyosh atrofida elliptik orbita bo`ylab (ekssentrisiteti 0,017) sekundiga 29, 76 km tezlik bilan aylanadi. 365 kun 5 soat 48 minut 46 sekundda bir aylanib chiqadi. Quyoshdan o`rtacha uzoqligi 149,5 mln. km. Yerning bitta tabiiy yuldoshi — Oy bor, uning Yerdan o`rtacha uzoqligi 384 ming km. O`z o`qi atrofida 23 soat 56 minut 4 soniyada to`liq aylanib chiqadi. O`z utsi atrofida aylanishi natijasida kun-tun almashinib turadi. Yer o`qi orbita tekisligiga 66°33’22″ga teng bo`lgan burchak hosil qiladi. Yer o`qining bunday og`ishi va Quyosh atrofida aylanishi oqibatida fasllar almashinadi. Yerning shakli yuraksimon ellipsoid (Shimoliy Qutb qabariqroq, Janubiy Qutb botiqroq). Ekvatog` radiusi 6378245 m, qutbiy radiusi 6356863 m, o`rtacha qutbiy botiqlik 1:298,3; ekvatog`ial botiqlik 1:30 000. Yer yuzasining maydoni 510 mln. km.kv, hajmi 1083320 mln. km.kub, o`rtacha zichligi 5,52 g/sm.kub. Yer o`z massasi bilan atmosferani mustahkam tutib turadi. Yer barqaror magnit maydoniga ega. Magnit maydoni koinotdan keluvchi yuqori energiyali radiatsiya mintaqasini hosil qiladi. Yer atmosferasidan tashqari juda mayda zarrachalar va vodoroddan iborat «dum»ga ham ega, u Quyoshdan teskari tomonga yo`nalgan bo`ladi. Yerning sharsimon shakli Quyoshdan keladigan nurning yer yuzida notekis taqsimlanishiga sabab bo`ladi, bu esa geografik zonallikni keltirib chiqaradi. Yer konsentrik joylashgan qobiqlar hosil qiladi: yer yadrosi, mantiya, — litosfera, gidrosfera, atmosfera. Litosferaning ustki qismi, gidrosfera va atmosferaning quyi qismi geografik qobiq yoki landshaft qobig`ini hosil qiladi. Yerning organizmlar yashaydigan qismi — biosfera geografik qobiq tarkibiga kiradi. Yer yuzining 361,5 mln. km.kv qismini Dunyo okeani, 149 mln. km.kv qismini quruqlik tashkil etadi. Okeanlarning chuqurligi ko`p qismida 3000-6000 m, eng chuqur joyi Mariana botig`ida 11022 m. Quruqliklarning o`rtacha balandligi 875 m, eng baland joy Jomolungma tog`i 8848 metr. 2) joy, tuproq, diyor, o`lka.