YESBERGEN
YESBERGEN — Qoraqalpog’iston Respublikasi Shumanay tumanidagi ko’l. Esbergenshag’anaq qishlog’idan 3 kilometr Janubda, Amudaryoning chap kayirida, 68 metr balandlikda joylashgan. Amudaryodan toshgan suvlar va sizot suvlaridan to’yinadi. Suvga to’lgan paytda maydoni 128 gektar, chuqurligi 1-1,5 metr bo’ladi, suvi ozayganda esa ko’l ancha kichrayib qoladi. Yesbergen qirg’og’i va maydonida qamish, qo’g’a o’sadi.