Yig’ma detallar
Yig’ma detallar – yig’ma ulanadigan yoki yig’ma monolit temir beton konstruksiyalari va mahsulotlarini bir-biriga yoki bino va inshootlarning boshqa konstruksiyalari bilan ulash uchun mo’ljallangan po’lat elementlar. Doira kesimli, tasmasimon, listsimon, burchaksimon va shveller po’latdan yasalgan yig’ma detallar mavjud.