YIRTQICH PASHSHALAR
YIRTQICH PASHSHALAR, ktirlar (Asilidae) — qo’shqanotlilar turkumiga mansub hasharotlar oilasi. Yirtqich pashshalar yirik pashshalar bo’lib, tanasining uzunlihi 4-40 millimetr. Boshi keng va harakatchan, mustahkam xartumi bor, qorni uzun va yassi, lichinkasi oq yoki sariq, chuvalchangsimon, tsilindr shaklda, aksariyat boshi va keti tomon ingichkalashib boradi. G’umbagi yopiq, oyoklari va o’simta belgilari aniq ko’rinadi. Yirtqich pashshalar to’g’riqanotlilar (chigirtka va boshqalar), qo’shqanotlilar, pardaqanotlilar va ba’zi qo’ng’izlarga hujum qiladi. Yirtqich pashshalar lichinkasi ko’pincha tuproqda yashaydi va qirsildoq qo’ng’izlar, qora qo’ng’iz, buzoqboshi qo’ng’izlari, g’alla qo’ng’izlari va b. lichinkalari b-n oziqlanadi. Oqish (Asilus albiceps Mg.), sarg’ish Yirtqich pashshalar (A. rufinerois Mg.) va boshqa turlari keng tarqalgan. Ekinzor Yirtqich pashshalar ikkilamchi hasharot hisoblanadi. Lekin chigirtkalar ko’plab urchigan yillari Yirtqich pashshalar zararkunandalar o’chog’ini tugatishda katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Norqo’zi Ergashev.