YO’LDOSHEVA JAMILAXON TURG’UNBOYEVNA

YO’LDOSHEVA JAMILAXON TURG’UNBOYEVNA (1955.26.6, Rishton tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Qo’qon pedagogika institutini tugatgan (1983). 1972 yildan Rishton tumanidagi 40-maktabda ish yurituvchi, 1973 yildan boshlang’ich sinf o’qituvchisi. Yo’ldosheva o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirishga alohida ahamiyat beradi, darsda test va noan’anaviy dars usullaridan, yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanadi.