YOPISHQOQ BAKTERIOZ
YOPISHQOQ BAKTERIOZ g’o’zaning bakterial kasalligi. Ko’sallar yetilayotgan davrda hasharotlar (beda qandalasi va boshqalar) jarohatlagan joyida zamburug’ va bakteriyalar ta’sirida paydo bo’ladi. Natijada tola chiriydi, bijg’iydi va ko’sakdan qo’ng’ir-sarg’ish yelim shira — yopishqoq modda ajralib turadi (nomi shundan). Kasallik avj olganda tola butunlay yoki qisman qo’ng’ir-sariq, sanoatda foydalanib bo’lmaydigan yopishqoq holga keladi. Kasallik kuchsizroq bo’lganda tola shakli qisman o’zgaradi. O’rta Osiyoning sug’orma dehqonchilik mintaqasida Yopishqoq bakterioz hamma yerda uchrab, uning tarqalishida beda qandalasining ishtiroki katta. Kurash choralari: beda qandalasiga qarshi xlorofos yoki karbofos, piretroidlardan ambushning 25%li (0,6 kg/ga), sherpaning 25% li emulgirlanuvchi kontsentrati (0,3 kg/ga) purkaladi.