YORUBA
YORUBA — Nigeriyadagi xalq (25,5 million kishi). Afrikaning Benin, Gana, Togo va boshqa mamlakatlarida ham yashaydilar. Umumiy soni 26,2 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Yoruba tilida so’zlashadi. Dindorlari — xristianlar, shuningdek, sunniy musulmonlar; an’anaviy diniy e’tiqodlar ham uchraydi.